Siz shu yerdasiz: Asosiy|OT

Narsa, shaxs, hodisa, joy kabilarning nomlarini bildiradigan kim?, nima?, qayer? sо‘roqlariga javob beruvchi sо‘zlar ot deyiladi. Misol uchun: Ahmad, uy, О‘zbekiston. Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga kо‘ra atoqli otlar va turdosh otlarga bо‘linadi. Bir xildagi predmetlardan biriga atab qо‘yilgan otlar atoqli otlar deyiladi: atoqli otlarga inson ismlari, uy hayvonlari nomlari va boshqa atab qо‘yilgan nomlar kiradi: Fotima, Olapar, Toshkent...

Bir turdagi narsalarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh otlardir: maktab, odam, daraxt.  Turdosh otlar aniq va mavhum otlarga bо‘linadi.

Aniq narsani anglatadigan otlar aniq otlar deyiladi: tosh, daftar, uy. Mavhum tushunchani bildiradigan otlar mavhum otlardir: baxt, qayg‘u, g‘am, dev, ajina

Turdosh otlar bitta narsa yoki tо‘dani ifodalashiga kо‘ra yakka va jamlovchi otlarga bо‘linadi. Bir turdagi predmetning bittasini bildiradigan otlar uy, yakka otlar deyiladi: О‘quvchi, ishchi, gul, uy, odam va boshqalar. О‘zi birlik shaklida bо‘lib, mazmunan kо‘plikni bildiradigan otlar jamlovchi ot deyiladi: xalq, armiya.

Otlarda son. Otlar birlik va kо‘plik shakllarida ishlatilishi mumkin. Otlarning kо‘pligi -lar qо‘shimchasi bilan ifodalanadi: odamlar, kо‘chalar. Otning birligini kо‘rsatuvchi maxsus qо‘shimcha yо‘q: odam, kо‘cha.

Otlarda egalik. Narsaning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini bildiradigan shakllar egalik qо‘shimchalari deyiladi.

Shaxs

Birlik

Kо‘plik

I

-m, -im (kitobim, uyim)

-miz, -imiz (kitobimiz, uyimiz)

II

-ng, -ing (kitobing, uying)

-ngiz, -ingiz (kitobingiz, uyingiz)

III

-si, -i (kitobi, onasi)

-si, -i (kitoblari, onasi)

 

I shaxs sо‘zlovchi, II shaxs-tinglovchi, III shaxs – о‘zga (nutq jarayonida
qatnashmaydigan shaxs).

KELISHIKLAR KATAGORIYASI

Otni boshqa sо‘zlar bilan bog‘laydigan shakllar kelishiklardir. Otlarning kelishik qо‘shimchalarini olib о‘zgarishi turlanish deyiladi.

О‘zbek tilida kelishiklar 6 ta.

Kelishik nomi

Qo‘shim-chasi

Misol

Gap

1

Bosh kelishik

kitob, bino

 

2

Qaratqich kelishigi

-ning

kitobning, binoning

Binoning ikkinchi qavati

3

Tushum kelishigi

-ni

kitobni, binoni

Kitobni sotib olmoq

4

Jо‘nalish kelishigi

-ga

kitobga, binoga

Binoga kirmoq

5

О‘rin-payt kelishigi

-da

kitobda, binoda

Kitobda tasvirlangan

6

Chiqish kelishigi

-dan

kitobdan, binodan

Binodan chiqmoq

 

Otlar lug‘aviy ma’nosiga qо‘shimcha ma’no beruvchi shakllar: kichraytirish, erkalash, hurmat, qarashlilik, chegara kabilarga ega.

Kichraytirish qо‘shimchasi: -chayigitcha.

Erkalash qо‘shimchalari: -chak, -choq, -loq, -gina – qizaloq, toychoq, kelinchak, bolaginam; -jon, -xon, -oy, -niso kabi qо‘shimchalar otlarga qо‘shilib hurmatlash, erkalash ma’nolarini ifodalaydi: Onajon, Baxtiniso.

-niki qо‘shimchasi qarashlilikni bildiradi: meniki, uniki. -gacha qо‘shimchasi chegara ma’nosini bildiradi: tonggacha, uygacha.

Otlar asosan ikki usul: morfologik usul, sintaktik usul bilan yasaladi. Morfologik usul sermahsul. Bular:

  • shaxs oti yasovchi  qо‘shimchalar: -chi, -dosh, -kash, -bon, -dor, -boz, -paz, -xon, -shunos, -dо‘z, -soz, -gar, (-kar), -parvar, -xо‘r, -furush. M: gulchi, sinfdosh, bog‘bon, oshpaz, etkdо‘z, kirakash, soatsoz, chilangar, xalqparvar;
  • narsa-qurol oti yasovchi qо‘shimchalar: -gich, -g‘ich (-kich, -qich), -gi (-ki, -qi, -g‘i), -k (-ik, -ak), -q (-iq, -oq, -uq), -mi, -im, -um, -ma, -indi, -in, -un, -mak, -moq, -dak, -doq, -g‘in, -qin, -don. о‘chirgich, yuvg‘ich, supurgi, elak, chopiq, yig‘im, yuvindi, toshqin, yong‘in, guldon;
  • о‘rin joy oti yasovchi qо‘shimchalar: -zor, -iston, -loq, -xona, -goh, -ma. M: tolzor, tojikiston, toshloq, ishxona, oliygox, tashlama
  • mavhum ot yasovchi qо‘shimchalar; -lik, -ch, -inch. M: tinchlik, sog‘inch
  • harakat-holat oti yasovchi qо‘shimchalar: -chilik, -garchilik, -sh, -ish, -lashtirish -m, -im, -um M: loygarchilik, terim, yog‘ingarchilik, о‘tirish, umumlashtirish

Sintaktik usul bilan ot yasash:

  • qо‘shma ot: oshqovoq, qо‘lqop;
  • murakkab ot: Markaziy Osiyo;
  • juft ot: ota-ona yasaladi. Ixchamlik maqsadida ba’zi otlar
    qisqartirilib qо‘llaniladi: BMT, О‘zR.