Siz shu yerdasiz: Asosiy|SON SО‘Z TURKUMI

Predmetning miqdorini, sanog‘ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil sо‘z turkumi son deyiladi. Son Necha? Nechanchi? Nechta? Qancha? kabi sо‘roqlardan biriga javob beradi.

Predmetning miqdorini, sanog‘ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil sо‘z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi sо‘roqlardan biriga javob beradi. Son otga bog‘lanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga bog‘lanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: tо‘rtta daftar, ikki oy о‘qidi, birinchi keldi kabi.

Sonlar kо‘pincha raqamlar bilan yoziladi:

Sonlar kо‘pincha raqamlar bilan yoziladi:

1) arab raqamlari bilan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.

2) rim raqamlari bilan: birliklar: I (1), II (2), III(3), IV(4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9); о‘nliklar: X (10), XX(20), XXX(30), XL(40), L (50) LX (60), LXX (70), LXXX (80), XC(90); yuzliklar: C (100), CC (200), CCC (300), CD (400), D (500), DC (600), DCC (700), DCCC (800), CM (900); mingliklar: M (1000), MM (2000), MMM (3000) ...

Badiiy asarlarda sonlar sо‘z bilan yoziladi: Tо‘rt yil kutdi.

Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bо‘lib, boshqa sonlar shularning qо‘shilishidan hosil bо‘ladi: nol, bir, ikki, uch, tо‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, tо‘qqiz, о‘n, yigirma, о‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, tо‘qson, yuz, ming, million, milliard.

Eski yozuv tilida tuman (о‘n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar bо‘lgan. Tarixiy asarlarda mana shu sonlar uchraydi.

Sonning ma’no turlari

  • Son ma’no jihatdan va grammatik xususiyatlarga kо‘ra ikki guruhga bо‘linadi: sanoq sonlar va tartib sonlar.
  • Sanoq son ma’no xususiyatlariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:
  • 1) miqdor son;
  • 2) dona son;
  • 3) chama son;
  • 4) jamlovchi son;
  • 5) taqsim son.

Bir sonining о‘ziga xos grammatik xususiyatlari

1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir voqeani aytib bergan edi.

2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g‘oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (S.Ahmad).

3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug‘ bir baxt shu uchrashuv bо‘ldi (A.Q.) Juvon asabiy bir harakat bilan rо‘molini olib о‘radi (A.Q.).

4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir sо‘zi –gina, faqat vazifasini bajargan.

5. Bog‘lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bо‘laklarini Yoki qо‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol).

6. Bir soni о‘zi bog‘lanib kelgan sо‘z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.

7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, о‘xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir bо‘lsin.

Sonlarning otlashishi.

Son bog‘lanib kelgan ot qо‘llanmaganda, otga qо‘shilib kelgan sо‘z о‘zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi kо‘plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan о‘zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, tо‘ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, о‘z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zо‘r birni yiqar, bilimi zо‘r mingni. (Amir Temur о‘gitlari). О‘nning yarmi besh.

Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi. (Maqol, matal, aforizmlarda kо‘p uchraydi) Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan о‘zgarmaydi (chama son – tacha, -lab, -lar kasr songa qо‘shilmaydi).