Siz shu yerdasiz: Asosiy|OLMOSH SО‘Z TURKUMI

Olmoshlar ot, sifat, son kabi turkumlar о‘rnida keluvchi sо‘zlardir.

Olmoshlar aniq ma’no bilan  mavhum ma’noning almashinib qо‘llanishini xarakterlovchi sо‘zlardir.

О‘zbek tilida  olmosh – almashish ma’nosini beradi, ya’ni boshqa turkum sо‘z о‘rnida keladi:

1.Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular

2.Kо‘rsatish olmoshlari : bu, u, shu, о‘sha, mana bu, mana shu

3.Sо‘roq olmoshlari: kim, nima, qanday, qanaqa

4.Bо‘lishsizlik olmoshlari: -ma

5.Belgilash olmoshlari: har

6.Gumon olmoshlari: - dir

7.О‘zlik olmoshi : о‘z

                                        

KISHILIK OLMOSHLARI

  Bu olmoshlar kishini anglatadigan sо‘zlar о‘rnida ishlatilib, sof kishilik olmoshlari va kishilik-kо‘rsatish olmoshlariga bо‘linadi: Ikki tilda kishilik olmoshlari nutqda III shaxsdan biriga oid ekanligini bildiradi:

 

Birlik

Kо‘plik

Guruhi 

I shaxs

men

biz

sof kishilik olmoshlari

II shaxs

sen

siz

kishilik-kо‘rsatish olmoshlari 

III shaxs

u

ular

kishilik-kо‘rsatish     olmoshlari 

                      

KО‘RSATISH OLMOSHLARI

U, bu, о‘sha, manavi, anavi   olmoshlari biror narsani ishora qilib kо‘rsatish uchun qо‘llaniladi: u bino, bu kishi, manavi joy, anavi qishloq.        

 

SО‘ROQ OLMOSHLARI

Sо‘roq olmoshlari quyidagilar: kim, nima, qanday, qaysi, qancha, necha, nechanchi, qancha, necha, qayoqda, qayoqdan, qachon, qayoqqa, qani va h-zolar.

Qani, aytchi, qachon maktabga bording?

Mendan ruxsatsiz nega ketdi ekan?

 

BELGILASH OLMOSHLARI

Belgilash olmoshlari. Bu olmoshlar predmet yoki shaxsning belgisini jamlab yoki ayirib kо‘rsatish uchun ishlatiladi. Shunga kо‘ra ular ikki xil:
1. Ayiruvchi belgilash olmoshlari
2. Jamlovchi belgilash olmoshlari

Ajratuvchi belgilash olmoshlari har sо‘zi va shu sо‘zni sо‘roq olmoshlaridan oldin keltirish bilan hosil bо‘ladi: har kim, har nima, har qanday, har qaysi, har qachon, har qancha kabi. Har sо‘zining bir, narsa sо‘zlari bilan birikishidan ham belgilash olmoshlari hosil bо‘ladi: har bir, har narsa. Bu olmoshlar umumiylikni yakka orqali kо‘rsatadi. Jamlovchi belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari, butun, jami. Bu olmoshlar belgini jamlab, umulashtirib kо‘rsatadi. Jamlovchi belgilash olmoshalri ega, ot oldidan sifatlovchi aniqlovchi vazifalarida keladi.

 

BО‘LISHSIZLIK OLMOSHLARI.

Mavjud bо‘lmagan predmet, belgi, miqdorni bildiradi. Shu boisdan bu olmoshlarda inkor, bо‘lishsizlik ma’nosi mavjud. Bо‘lishsizlik olmoshlari sо‘roq olmoshlari va bir, narsa sо‘zlaridan oldin hech sо‘zini keltirish bilan hosil bо‘ladi: hech kim, hech nima, hech qanday, hech qaysi,hech bir,  hech narsa.

 

GUMON OLMOSHI.

Noaniq bо‘lgan predmet, miqdor belgini kо‘rsatadi va quyidagicha hosil bо‘ladi:
1. Sо‘roq olmoshlaridan oldin -alla, sо‘roq olmoshlaridan keyin -dir
qо‘shimchasini qо‘shish bilan: allakim, kimdir.

2. Sо‘roq olmoshlari va narsa sо‘zidan oldin bir sо‘zini keltirish bilan: bir nima, bir qancha, bir narsa.

3. Gumon olmoshlar: birov, biror, ba’zi birov kabilar ham idir. Olmoshlar boshqa sо‘z turkumlaridan yasalmaydi. Ular tuzilishiga kо‘ra sodda: men, sen, qanday; qо‘shma: allakim, allaqanday; murakkab: hech kim, bir narsa, hech qanday; juft: u-bu, о‘sha-о‘sha bо‘ladi.

О‘ZLIK OLMOSHI.

О‘zlik olmoshi yagona, о‘z sо‘zidir va har uchala shaxsda qо‘laniladi: о‘zim, о‘zing, о‘zi. О‘zlik olmoshi kishilik olmoshlari о‘rnida (о‘zim – men, о‘zing –  sen) qо‘llaniladi. Egalik va kelishik qо‘shimchalarini oladi: о‘zimga, о‘zimdan.