Siz shu yerdasiz: Asosiy|RAVISH
Harakat va holatning, belgining belgisini bildiradigan sо‘zlar ravish deyiladi. Ravishlar Qanday? Qanaqa? Qancha? Qay holatda? Qay tarzda? Qachon? kabi sо‘roqlarga javob bо‘ladi. Ravish morfologik jihatdan о‘zgarmaydi. Ravishlarning ma’no jihatidan quyidagi turlari bor: holat (tarz) ravishlari: tez, sekin, asta, piyoda; miqdor-daraja ravishlari: oz, ancha, picha, sal; о‘rin ravishlari:quyi, yuqori; payt ravishlari: hozir, kecha; sabab ravishlari: noiloj, ilojsiz; maqsad ravishlari: ataylab.
Ravishlar sifatlardek daraja kо‘rsatadi: kо‘p, kо‘proq, eng kо‘p.
Ravishlar -gina (-kina, -qina) qо‘shimchalari bilan qо‘llanilganda belgining kuchsizligi, kamligi ifodalanadi: sekingina, astagina.
Ravishlarning yasalishi
Ravishlar ham morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Ravish yasovchi qо‘shimchalar:
-cha: ayolcha, ruscha.
-an: tasodifan.
-lab: yaxshilab.
-larcha: mardlarcha.
-ona: dо‘stona.
-lay, -layin, -ligicha: butunligicha.
sintaktik usul bilan qо‘shma: ozmuncha va murakkab ravishlar: har qachon, juft ravishlar: qishin-yozin hosil bо‘ladi.