Siz shu yerdasiz: Asosiy|BOG‘LOVCHILAR

Bog‘lovchi ham kо‘makchi kabi sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari, teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog‘lovchi gap bо‘laklari, qо‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni kо‘rsatadi. Bog‘lovchining mohiyati, о‘zbek adabiy tilidagi bog‘lovchining turi, bu turga oid sо‘zlar tilshunosligimizda keng о‘rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog‘lovchining turi va bu turga qaysi sо‘z mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazar bor, ya’ni bir tadqiqotda bog‘lovchi deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi, kо‘makchi deb berilgan birlik bog‘lovchi deb tan olinadi. Bog‘lovchiga oid sо‘zning aniq belgilanmasligi sababi ular lison-nutq jihatidan о‘rganilmaganligida bо‘lsa kerak.

Bog‘lovchini ham kо‘makchi singari shakliy jihatdan uch guruh ajratib о‘rganish lozim. Bular:

1. Sof bog‘lovchi

2. Nisbiy bog‘lovchi

3. Qо‘shimchasimon bog‘lovchi)

Sof bog‘lovchi guruhiga faqat bog‘lovchi vazifasida qо‘llaniladigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya’ni kabi yordamchi sо‘z xos.

Qо‘shimchasimon bog‘lovchi guruhiga -ki (-kim), bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela oladigan -u-yu, -da, -mi qо‘shimchaci mansub. -u-yu, -da qо‘shimchasining bog‘lovchi vazifasini tо‘la-tо‘kis bajarishi qator manbada qayd etilgan, -mi qо‘shimchasida ham bog‘lovchilik xususiyati borligini M: 1.Yomg‘ir yog‘dimi, hamma joy nam bо‘ladi, 2.Karim keldimi, tо‘polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qо‘llangan -mi qо‘shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda.

Nisbiy bog‘lovchiga mustaqil sо‘z turkumidan о‘sib chiqqan, “oraliq uchinchi” tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bо‘lgan ba’zan, bir, vaqtida, hali, goh (goho) kabi sо‘zlarning takroriy  akli misol bо‘ladi. M: 1. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada  tunab yurdi. (Oyb.) 2. Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.) 3. Vaqtida qor yog‘adi, vaqtida yomg‘ir. 

Bu gaplarda qо‘llanilgan ba’zan, goh (goho), vaqtida sо‘zlarining vazifasi bog‘lovchiga juda yaqin.

1.Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi. 2. Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bо‘ldi. 3. Azimboy kо‘p zulm о‘tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi tо‘ldi gaplaridagi u, natijada, oqibatda sо‘zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog‘lab kelmoqda. Demak, u, natijada, oqibatda sо‘zi ham nisbiy bog‘lovchi sirasiga kiritilsa tо‘g‘ri bо‘ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi sо‘z nafaqat sо‘z, hatto gap va matn qismlarini ham bog‘lashga xizmat qiladi.

Hozirgi о‘zbek adabiy tilidan darslik va qо‘llanmalarda bog‘lovchilarning vazifa jihatidan turlari quyidagicha belgilangan:

Teng bog‘lovchi.

1. Biriktiruv bog‘lovchisi: va, -u-yu, hamda.

2. Ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yoxud, goho, dam… dam, bir… bir, ba’zan… ba’zan. 

3. Zidlov bog‘lovchisi: ammo, lekin, biroq.

Ergashtiruvchi bog‘lovchi.

1. Aniqlov bog‘lovchisi: ya’ni, -ki-kim. 

2. Sabab bog‘lovchisi: chunki, shuning uchun, zeroki.

3. Shart bog‘lovchilari: agar, agarda, agarchi. 

4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchisi: gо‘yo, gо‘yoki. 

Teng bog‘lovchi, ergashtiruvchi bog‘lovchining ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslik bо‘yicha darslik va qо‘llanmada atroflicha bayon etilgan.

Bog‘lovchi-yuklamaning mohiyati. Ayrim sо‘zning bog‘lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog‘lovchining miqdori, ularning mohiyati, turi hanuzgacha aniq belgilanganicha yо‘q. Masalan, chog‘ishtirish bog‘lovchisiga gо‘yo, gо‘yoki sо‘zi kiritiladi. Ammo bu sо‘z gap bо‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki о‘xshatish, qiyoslash ma’noli qurilmalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, о‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi. M: 1. Beda orasi juda issiq, gо‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) 2. Nay sadosining mayin tо‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, gо‘yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda о‘xshatish, qiyoslash -dek qо‘shimchasi va kabi sо‘zi bilan ifodalanyapti, gо‘yo esa shu ma’noni ta’kidlamoqda. Demak, gо‘yo ta’kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qо‘llanishidagi ba’zi xususiyatiga kо‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog‘lovchisi kо‘pincha qо‘shma gap qismlarini bog‘laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bо‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog‘lovchisi о‘rnida balki sо‘zini qо‘llab bо‘lmaydi. Balki sо‘zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gapda gumon, qarama- qarshilik ma’nosini ta’kidlash uchun qо‘llanadi:…toping, balki tanishlaringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki о‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) 

Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. О‘z-о‘zidan anglashiladiki, balki sof bog‘lovchi bо‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga о‘tish va bog‘lovchi-yuklama, kо‘makchi-bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish – yordamchi sо‘z tabiatiga xos xususiyat, ularning ichki manba asosida boyishining bir yо‘li. Ham… ham biriktiruv bog‘lovchisi ta’kid qо‘shimcha ma’no bо‘yog‘iga ega, na…na esa inkor ma’nosini ifodalaydi, -mi sо‘roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog‘lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog‘lovchi-yuklama hisoblanadi. Misollar: 1. Na sо‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3. U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.

Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, о‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi.