Siz shu yerdasiz: Asosiy|MODAL SО‘ZLAR

Sо‘zlovchining ifodalangan fikrga munosabatini ifodalovchi yordamchi sо‘zlar modal sо‘zlar deyiladi. Modal sо‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bо‘linadi:

1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal sо‘zlar:

1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat.

 2) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, sо‘zsiz

4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, о‘z-о‘zidan

5) fikrning chinligi eslatiladi: tо‘g‘ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

     2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal sо‘zlar:

1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog‘i;

2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

5. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

6. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan

7. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom

8. Achinish: afsus, attang, esiz.

9. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

10. Quvonch: xayriyat.

11. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yо‘q.

Modal sо‘zlarning kо‘pchiligi mustaqil sо‘zlardan о‘sib chiqqan.

Masalan:

1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;

2) sifatdan: yaxshi(ki), tо‘g‘ri, sо‘zsiz, shubhasiz, tabiiy;

3) ravishdan: albatta;

4) bog‘lovchidan:

5) sо‘z birikmasidan: har qalay, har holda;

6) gapning modal sо‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki);

7) sо‘z tushirish natijasida hosil bо‘lgan: о‘z-о‘zidan (aniq sо‘zi tushib qoladi).

Modal sо‘zlar sof va vazifadosh modal sо‘zlarga bо‘linadi.

Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan sо‘zlari sof modal sо‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qо‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi sо‘zlar vazifadosh modal sо‘zlar hisoblanadi.